Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

«QO‘LDAN QO‘LGA» — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ehtiyojmand shaxslar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli yordam dasturidir.
Mazkur dastur doirasida Fondning vazifasi moliyaviy yoki moddiy ko‘mak shaklida xayriya yordamini ko‘rsatishni istagan donorlarga ehtiyojmand shaxslar va oilalar haqida ma’lumot taqdim etishdan iborat.
Fond xayriya yordamini donorlar tomonidan bevosita ko‘rsatish maqsadida ehtiyojmand shaxslar va oilalarni aniqlashda ko‘maklashadi.
Dastur ehtiyojmand oilalardagi bolalar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, yolg‘iz keksa insonlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Bunda onkologik kasallikka chalingan farzandi bor oilalarga ustuvor ahamiyat beriladi.
Yordam bayram tadbirlari, epidemiyalar, tabiiy ofatlar, karantin cheklovlari, favqulodda vaziyatlar va xayriya yordamini ko‘rsatish zaruratini yuzaga keltirgan boshqa holatlar munosabati bilan ham ko‘rsatilishi mumkin.
«QO‘LDAN QO‘LGA» dasturi doirasida xayriya yordami quyidagi shakllarda ko‘rsatilishi mumkin:
oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol tovarlari;
naqd pul mablag‘lari.
«QO‘LDAN QO‘LGA» dasturi doirasida yordam tashkil etilganda, har bir xayriya aksiyasi bo‘yicha yordam taqsimoti qaydnomasi rasmiylashtiriladi.
Fond hisobida turuvchi ehtiyojmand shaxslar va oilalarning umumiy ro‘yxatini shakllantiradi va donorga taqdim etadi. Donor yordam ko‘rsatiladigan oluvchilarni mustaqil ravishda belgilaydi.
Yordam naqd pul shaklida ko‘rsatilgan taqdirda, donor pul mablag‘larini yordam oluvchiga shaxsan yoki o‘zining vakolatli vakili orqali bevosita topshirishi lozim.
Yordam oluvchi o‘zining aloqa ma’lumotlarini taqdim etishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi lozim.
Ushbu dasturni qo'llab-quvvatlang