Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Bemor bolalar va oilalarga doimiy yordam dasturlari
Dori-darmonlar, qon preparatlari va endoprotezlarni xarid qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan operatsiyalar va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar haqini to‘lash, shuningdek, diagnostika xizmatlarini (PET-diagnostika, immunogistokimyoviy tahlil, MRT va boshqalar) to‘lash.
«Bolalar palliativ yordamini rivojlantirish» dasturi birinchi navbatda ochilishi Fond tomonidan tashabbus qilingan «Taskin» bolalar xospisini qo‘llab-quvvatlash va uning rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga qaratilgan.
Fond bolalar onkologiyasi sohasida faoliyat yurituvchi davlat klinikalari va ko‘p tarmoqli bolalar klinikalarining onkologiya bo‘limlari uchun dori vositalari hamda tibbiy asbob-uskunalarni xarid qilish shaklida xayriya yordamini ko‘rsatadi.
«QO‘LDAN QO‘LGA» — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ehtiyojmand shaxslar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli yordam dasturidir.