Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
«EZGU AMAL» jamoat fondi veb-sayti
Oxirgi yangilanish: 28-sentabr, 2026
Ushbu Maxfiylik siyosati «EZGU AMAL» jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda — Fond) rasmiy veb-sayti orqali foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish, ishlov berish va muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Saytdan foydalanish, ma’lumotlarni kiritish hamda xayriya to‘lovlarini amalga oshirish orqali foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlariga va o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ishlov berilishiga to‘liq rozilik beradi.
Fond sayti orqali quyidagi turdagi ma’lumotlar yig‘iladi va ishlov beriladi:
Yig‘ilgan shaxsga doir ma’lumotlardan quyidagi aniq maqsadlarda foydalaniladi:
Eslatma: Xayriya qiluvchining xohishiga ko‘ra, uning shaxsiy ma’lumotlari egasizlantiriladi va ommaviy hisobotlarda anonim (nomi oshkor etilmagan) holda aks ettiriladi.
To‘lovlar mustaqil va litsenziyalangan banklar hamda to‘lov tizimlarining («UZUM BANK» AJ, Visa, Mastercard, Click, Payme, Uzum, Xazna, Alif va h.k.) himoyalangan sahifalarida amalga oshiriladi.
Bank kartasi rekvizitlari, PIN-kodlar va maxfiy xavfsizlik kodlari Fond saytida kiritilmaydi, yig‘ilmaydi va saqlanmaydi. Ular bevosita tegishli bank yoki to‘lov tizimining shifrlangan sahifasida qayta ishlanadi.
Sayt faoliyatini tahlil qilish uchun Google Analytics, Yandex Metrika va Meta Pixel veb-analitika xizmatlaridan foydalaniladi. Ushbu xizmatlar texnik ma’lumotlarni (IP-manzil, Cookie-fayllar, brauzer turi, ko‘rilgan sahifalar va saytdagi harakatlar), shuningdek yakunlangan xayriya summasini olishi va ularni o‘z serverlarida, jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qayta ishlashi mumkin. Foydalanuvchi brauzer sozlamalari orqali Cookie-fayllardan foydalanishni cheklashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 271-moddasiga muvofiq, foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlar bazasi jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanadi. 4-bo‘limda ko‘rsatilgan analitika xizmatlari yig‘adigan texnik ma’lumotlar ushbu xizmatlarning serverlarida qayta ishlanadi.
Ma’lumotlar belgilangan maqsadlarga erishilgunga qadar yoki foydalanuvchi tomonidan rozilik qaytarib olingunga (yoki o‘chirish so‘ralgungacha) qadar saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ma’lumotlarni o‘zgartirish, o‘chirish yoki ularga ishlov berishni to‘xtatib turish bo‘yicha murojaatlar info@ezgu-amal.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi va 10 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Maxfiylik siyosati, shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish yoki Fond faoliyati bo‘yicha savol va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin: