Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
G0001«Ezgu Amal» fondi taniqli shaxslar, san’atkorlar, blogerlar va jamoatchilik fikri yetakchilari uchun yangi xayriya loyihasini boshlamoqda.
Loyihaning g‘oyasi oddiy: tug‘ilgan kunida yoki o‘zi uchun muhim bo‘lgan boshqa sana munosabati bilan ishtirokchi do‘stlari, obunachilari va hamkorlariga sovg‘alar o‘rniga «Ezgu Amal» fondiga xayriya qilishni taklif etadi.
Har bir ishtirokchiga individual ID raqami beriladi. Ushbu ID orqali uning tashabbusi doirasida amalga oshirilgan barcha xayriyalarni kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Yig‘ilgan mablag‘lar onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko‘rsatish — ularning davolanishi, tibbiy tekshiruvlari, dori-darmonlari va boshqa zarur xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi.
Shunday qilib, shaxsiy bayram katta xayrli ish uchun imkoniyatga aylanadi.
Gullar va sovg‘alar o‘rniga — ayni paytda hayoti va sog‘lig‘i uchun kurashayotgan bolalarga haqiqiy yordam.
Loyihaga qo‘shilish yoki batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan quyidagi telefon raqami orqali bog‘laning:
+998 95 888 87 47
Ushbu loyihani qo'llab-quvvatlang