Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

«8 YURAK» jamoasi tomonidan tashkil etilgan xayriya aksiyasi sport sovrinlarini bolalar salomatligiga qoʻshilgan real hissaga aylantirdi. Kecha yakunlariga koʻra, «8 YURAK» loyihasi jamgʻarmasiga 80 000 000 soʻm kelib tushdi.
Ushbu kechada qoʻyilgan har bir lot ortida matonat va gʻalabalarning oʻziga xos tarixi yotibdi. Oʻnlab va yuzlab kilometr masofalarni hisoblovchi Garmin yugurish soati, toʻxtamasdan olgʻa harakatlanish uchun yaratilgan Joma krossovkalari hamda insonning tabiat ustidan va oʻz imkoniyatlari chegarasidan ustun kelgani ramzi boʻlgan mashhur Marathon des Sables ultramarafoni medali.
Xayriya aksiyasida bu buyumlar yangi, yanada muhimroq qadriyatga ega boʻldi — ular bolalarga real yordamga aylandi.«8 YURAK» jamoasi ezgu maqsad — bolalar markazi uchun zamonaviy tibbiyot uskunalariga mablagʻ yigʻish yoʻlida befarq boʻlmagan insonlar, sportchilar va homiylarni birlashtirdi.
Kechaning yakuni kutilganlardan ham ortiq chiqdi — 80 million soʻm bolalar klinikasini jihozlash uchun «8 YURAK» loyihasiga yoʻnaltirilmoqda.
«Ezgu Amal» jamoat fondi xotira buyumlarini topshirgan, faol ravishda stavkalar qilgan va tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan har bir insonga chin dildan minnatdorchilik bildiradi.