Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi “Ezgu amal” xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Bir bayroq ostida” shiori bilan Urganch shahrida xayriya huquqiy tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda “Madad” NTT, Notarius, Advokatura, Davlat xizmatlari markazi, Adliya va FHDYO boʻlimlari maʼsul xodimlari tomonidan sayyor qabullar oʻtkazilib, ushbu sohalarga oid huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek,tadbir doirasida Urganch shahar Davlat xizmatlari markazida start berilgan huquqiy marsh Jaloliddin Manguberdi xiyobonigacha davom etdi.
Xayriya tadbiri doirasida yigʻilgan mablagʻlar Xorazm viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarning saraton kasalligiga chalingan bolalari davolanishiga yoʻnaltirildi.