Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida CityMed klinikasi maxsus xayriya aksiyasini o‘tkazdi. Bu kunda bemorlar salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilish yana bir muhim ma'noga ega bo‘ldi — ayni damda og‘ir kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam berish.
Tashabbus doirasida klinikaning shu kungi umumiy tushumining bir qismi «EZGU AMAL» fondiga o‘tkazib beriladi.
Biznes vakillari tomonidan tashlangan bunday qadamlar — yuksak ijtimoiy mas'uliyatning yorqin ko‘rsatkichidir. Odamlar va kompaniyalar ulkan maqsad yo‘lida o‘z kuchlarini birlashtirganda, bu ko‘plab murakkab muammolar yechimini sezilarli darajada tezlashtirishga va hayotiy muhim bo‘lgan joyda o‘z vaqtida, haqiqiy yordam ko‘rsatishga imkon beradi.
Biz CityMed klinikasi rahbariyati, shifokorlari va butun jamoasiga befarq emasliklari va hamdardliklari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. 1-iyun kuni klinikaga tashrif buyurgan har bir bemorga alohida rahmat — sizning tanlovingiz bolalar hayotini saqlab qolishga qo‘shilgan bevosita hissa bo‘ldi.