Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

18-aprel kuni "EZGU AMAL" jamoat fondi ochiq hisobot tadbirini o‘tkazdi va uning doirasida o‘zining 2025-yildagi faoliyati yakunlarini taqdim etdi.
Uchrashuv davomida fond jamoasi qilingan ishlar, erishilgan natijalar va amalga oshirilgan tashabbuslar haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi. Ishtirokchilarga fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hisobot davridagi muhim ko‘rsatkichlar, shuningdek, hamkorlar, homiylar va barcha befarq bo‘lmagan insonlarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingan loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Hisobot davomida ko‘rsatilgan yordam natijalariga, hamkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga va fondning kelgusidagi rejalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, "EZGU AMAL" jamoasi kelgusidagi faoliyati borasidagi o'z qarashlari bilan o'rtoqlashdi va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Ochiq hisobot fond o‘z faoliyatida amal qiladigan shaffoflik tamoyilining muhim qismiga aylandi. "EZGU AMAL" uchun nafaqat yordam ko‘rsatish, balki jamiyat, hamkorlar va fond missiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan har bir inson bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatish ham o'ta muhimdir.
Biz bilan birga bo'lib, ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.