Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

2-maydan 25-maygacha afsonaviy «Ilhom» teatrida g‘oyat nurli va ilhomlantiruvchi voqea — rassom Muzifaning debyut shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Muazzam Ibrohimovaning qaramog‘idagi bu iste’dodli qizning hayot yo‘li chinakamiga hayratlanarli. Muzifa og‘ir sinov — osteosarkomaga duch keldi, ammo o‘zida aql bovar qilmas iroda kuchini topa oldi. Bugun u kasallikni yengdi va remissiya bosqichida! Va bu murakkab kurash davomida uning asosiy kuch manbai tasviriy san'at bo‘lib qoldi. Muzifa nurlarga va hayotga to‘la chinakam ajoyib, teran suratlar chizadi.
«EZGU AMAL» fondi g‘urur bilan Muzifaning iste’dodini qo‘llab-quvvatladi va uning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi tashkilotchisi bo‘ldi. Bizning tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlab, ko‘rgazma uchun o‘z zalini mutlaqo bepul taqdim etgan «Ilhom» teatri rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Og‘ir davolanish yo‘liga qaramay, Muzifa ijod qilishda, orzu qilishda va oldinga intilishda davom etmoqda. Ushbu ko‘rgazma uning yo‘lida muhim qadam va san'at orqali dunyo bilan tillashish imkoniyati bo‘ldi.
Barcha shahar aholisi va mehmonlarini 25-maygacha davom etadigan ko‘rgazmaga tashrif buyurishga chorlaymiz. Muzifaning ijodidan bahramand bo‘lish, uning tarixidan ilhomlanish va yosh ijodkorni ushbu ajoyib yo‘lda qo‘llab-quvvatlash uchun «Ilhom» teatriga keling!