Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

1-apreldan 30-aprelgacha barcha Korzinka supermarketlarida post-onkologik reabilitatsiyadan o‘tayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bir oy davomida NIVEA mahsulotlarini xarid qilish orqali har bir xaridor bolalarning sog‘lig‘ini tiklashiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin: sotuvdan tushgan mablag‘ning bir qismi "EZGU AMAL" xayriya fondi orqali reabilitatsiya dasturlariga yo‘naltiriladi.
Aksiya o‘zining samaradorligini allaqachon isbotlab ulgurgan. O‘tgan yili xaridorlarning ishtiroki va hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli qariyb 262 mln so‘m mablag‘ yig‘ishga erishildi va 25 ta oilaning farzandlari tajribali mutaxassislar va psixologlar nazorati ostida sog‘lomlashtirish majmuasida reabilitatsiyadan o‘tishdi. Ko‘plab oilalar uchun bu og‘ir davolanishdan so‘ng o'zini tiklash hamda doimiy zo‘riqish va qo‘rquvsiz hayotga qaytish imkoniyatiga aylandi.
Aksiyaga qo‘shilish juda oddiy — buning uchun 1-apreldan 30-aprelgacha Korzinka supermarketlarida NIVEA mahsulotlarini xarid qilish kifoya. Har bir xarid — bu bolaning salomatligi, uni qo‘llab-quvvatlash va yangi hayot boshlashiga qo‘shilgan ulkan hissadir.