Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

«EZGU AMAL» jamoat fondi barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Ushbu qutlug‘ ayyom arafasida fondimiz hayotida quvonchli voqea yuz berdi. Ezgu ishlar va jamiyatimiz farovonligi yo'lida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarimiz davlatimizning yuksak e'tirofiga sazovor bo'lib, «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Taqdirlangan hamkasblarimiz:
Norbayev Rustam
Karimov Ilyos
Turaxodjayeva Kamilla
Yunusova Zilola
Safarov Xabibulla
Hamkasblarimizni ushbu munosib mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ularga mustahkam sog‘liq va kelgusi xayrli ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimizga esa doimo tinchlik, farovonlik va ravnaq yor bo'lsin!
Bayram muborak, aziz O‘zbekiston!