Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

OSON fintex-xoldingi tashabbusi bilan "Ezgu Amal" fondi qaramog'idagi bolalar uchun qon banki loyihasiga start berildi.
Hamkorlik doirasida memorandum imzolandi. Bu onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun tizimli qon donorligini rivojlantirish sari qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ldi. Davolanish vaqtida bunday bolalarga tez-tez qon va uning komponentlarini quyish talab etiladi — kimyoterapiya, operatsiyalardan so‘ng yoki qon ko‘rsatkichlari pasayganda.
Loyihaning birinchi ishtirokchilari OSON fintex-xoldingi xodimlari bo‘lishadi. 22-may kuni ular tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, davolanayotgan jajji bemorlar uchun qon topshirishadi.
Bundan tashqari, hamkorlik doirasida "Ezgu Amal" fondi OSON to‘lov tizimiga qo‘shiladi. Bu servis foydalanuvchilari uchun xayriya amallarini yanada qulay va osonlashtiradi.