Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

PEPSI brendi davolanayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlab, fond qaramog‘idagilar uchun 20 ta sovg‘alar to‘plamini topshirdi. Har bir sovg‘a to‘plamidan ryukzak, quloqchinlar, futbol to‘pi, ikkita vetrovka, kepka, shuningdek, qalamlar solingan qalamdon o'rin oldi. Ushbu sovg‘alar bolalar uchun ajoyib kutilmagan sovğa bo‘ldi va ularning kundalik hayotiga ijobiy his-tuyg‘ular baxsh etdi.
"EZGU AMAL" fondi PEPSI brendiga e'tibor, g‘amxo‘rlik va qaramog‘imizdagilarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun chin dildan minnatdorchilik bildiradi. Bunday tashabbuslar tibbiy yordamni muhim insoniy e'tibor bilan to‘ldirib, bolalar atrofida g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishga yordam beradi.