Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

7-iyun kuni Yamaha shourumida Soul GN musiqa maktabi tomonidan tashkil etilgan xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir iqtidorli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va befarq bo‘lmagan tomoshabinlarni bitta muhim va ezgu maqsad — bolaga yordam berish yo‘lida birlashtirdi.
Musiqiy kecha davomida mehmonlarning saxovatli yordami tufayli 8 700 000 so‘m mablag' yig‘ildi. Barcha tushgan mablag‘lar fondimiz qaramog‘idagi bolajon — Tigran Kenjakayevning davolanish xarajatlarini qoplash uchun to‘lig‘icha yo‘naltirildi.
Biz Yamaha shourumiga ajoyib joy taqdim etgani uchun, shuningdek, Soul GN maktabi rahbariyati, tarbiyalanuvchilari va butun jamoasiga ushbu tashabbus uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Konsertni qo‘llab-quvvatlagan har bir tomoshabinga alohida rahmat! Sizning hissangiz san'at ulkan kuchga ega ekanligini isbotlaydi.