Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Hamkor Bank hamda "EZGU AMAL" xayriya fondi vakillari endoskopik diagnostika va kam invaziv aralashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyiha doirasida xarid qilingan yangi endoskopik uskuna bilan tanishish maqsadida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar.
Mazkur loyiha "EZGU AMAL" xayriya fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va Hamkor Bank hamkorligi natijasida amalga oshirildi. YTTB xodimi Kamola Mahmudova xotirasiga bag'ishlangan tashabbus doirasida mablag'lar yig'ildi va YTTB qo'shimcha moliyalashtirish ajratgan holda bu mablag'larni ikki barobar ko'paytirdi. Hamkor Bank ham moliyaviy yordam ko‘rsatgan holda loyihani amalga oshirishga qo‘shildi. Ushbu sa'y-harakatlarning birlashuvi tufayli "EZGU AMAL" fondi zamonaviy endoskopik uskunani xarid qilib, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga topshirdi.
Bolalarni tekshirish va davolash uchun moslashtirilgan zamonaviy endoskopik uskuna shifokorlarga bolalar organizmining xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqroq diagnostika o‘tkazish va kam invaziv aralashuvlarni bajarish imkonini beradi. Bunday texnikadan foydalanish muolajalarning travmatikligini kamaytirishga va onkologik hamda gematologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi.
Loyiha davlat, biznes va xayriya sektori o'rtasidagi hamkorlik bolalar sog'liqni saqlashi kabi o'ta muhim sohalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirishga qanday hissa qo'shishining yaqqol namunasi bo'ldi. Kuchlarni birlashtirish tibbiyot muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan tezroq jihozlash, diagnostika va davolash imkoniyatlarini kengaytirish hamda bolalar uchun yuqori texnologiyali tibbiy yordamni yanada qulayroq va ochiq qilish imkonini beradi.